Isroil askarlari falastinliklar qishlog‘iga hujum qilgan ko‘chmanchilarni himoya qildi.
Al-Jazeera: O‘nlab qurollangan isroillik ko‘chmanchilar bosib olingan G‘arbiy Qirg‘oqdagi Ramalloh va Nablus oralig‘ida joylashgan Duma qishlog‘iga hujum qildi.
Bir necha kishining jarohatlangani xabar qilinmoqda. Bundan tashqari, isroillik ko‘chmanchilar bir qancha uy-joy, mulk va avtomobillarga o‘t qo‘ydi.
Isroil bosqinchi askarlari voqea sodir bo‘lgan joyda hozir bo‘lib, ko‘chmanchilarga hamrohlik qilgan va ularni himoyalagan.
Bu g‘ayrioddiy holat emas. Biz bunga o‘xshash voqealarni isroillik ko‘chmanchilarning Falastin shaharlariga bostirib kirishi paytida ko‘p bor guvohi bo‘lganmiz. Bunday hujumlar bosib olingan G‘arbiy Qirg‘oqda yuzlab marta sodir bo‘lgan.
Inson huquqlari tashkilotlari hisobotlariga ko‘ra, 2023 yil oktyabridan 2024 yil oktyabrigacha bo‘lgan davrda 20 ga yaqin falastinlik jamoa aynan shu ko‘chmanchilar zo‘ravonligi tufayli ko‘chishga majbur bo‘lgan. Bu zo‘ravonliklar jazosiz qolmoqda va Isroil askarlari tomonidan himoyalanmoqda.
Boshqa joyda esa, Isroil Mudofaa vaziri va Moliya vaziri birgalikda bosib olingan G‘arbiy Qirg‘oqda noqonuniy deb atagan falastinliklarning qurilishiga qarshi kurashishga va’da berganini eshitdik. Bu esa G‘arbiy Qirg‘oq bo‘ylab falastinliklarga nisbatan mavjud bo‘lgan majburiy ko‘chirish tahdidini yanada kuchaytirdi.