Armanistonning sobiq prezidenti Robert Kocharyan shifoxonaga olib ketildi. Bu haqda Aysor nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar Kocharyanni Armaniston Korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasiga olib borgan. U yerda sobiq prezidentning sog‘lig‘i yomonlashgan va shundan so‘ng uni shifoxonaga olib ketishga qaror qilingan. Hozircha uning salomatligi bilan bog‘liq batafsil ma’lumot berilmagan.
Bugun, 25 avgust kuni Armaniston Korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi olib borayotgan jinoiy ish doirasida olti kishi qo‘lga olingan. Ular orasida Robert Kocharyan va uning o‘g‘li Sedrak Kocharyan ham bor. Tergov ularni ehtimoliy korrupsion sxemalarga aloqadorlikda gumon qilmoqda.
Ayni paytda ish bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.