Armanistonda ayollar armiyada xizmat qilishlari mumkin bo‘ladi.
Bu haqda Armaniston hukumati yig‘ilishida mudofaa vaziri Suren Papikyan ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, hozirdanoq ayollar uchun 6 oy muddatga ixtiyoriy harbiy xizmatni o‘tash loyihasi muhokama qilinmoqda.
6 oydan so‘ng, attestasiyadan o‘tib, ular erkaklar singari besh yillik harbiy xizmatga kirishlari mumkin.