Armaniston va Ozarbayjon parlamentlari spikerlari Alen Simonyan va Sohiba Gafarova uchinchi bor, 13-17 oktyabr kunlari Jenevada bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo ittifoq (PI) 149-Assambleyasi doirasida uchrashadi. Muloqot davomida mintaqada tinchlik o‘rnatish borasidagi sa’y-harakat muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda PI matbuot kotibi Tomas Fitssimons ma’lum qilgan. Uchrashuvning aniq sanasi ma’lum emas.
2022 yil Yerevan va Boku Rossiya, AQSh va Yevropa Ittifoqi vositachiligida bo‘lajak tinchlik shartnomasini muhokama qila boshlagan. O‘tgan yil may oyi oxirida Pashinyan Yerevan Ozarbayjonning sobiq ittifoq davri, ya’ni Qorabog‘ bilan birgalikdagi chegara bilan suverenitetini tan olishga tayyorligini ma’lum qilgan.