Armaniston Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasini imzolaganidan keyin Rossiyaning 102-harbiy bazasini yopishi mumkin, deb yozadi "Graparak" gazetasi.
Tinchlik kelishuvi loyihasida, deb yozadi nashr, Armaniston hududida boshqa davlatlarning harbiy bazalarini joylashtirishni taqiqlovchi qoida mavjud bo‘lib, u Rossiyaning 102-bazasini Gumridan olib chiqishni nazarda tutadi.
Baza 1995 yilda hukumatlararo kelishuv asosida tashkil etilgan bo‘lib, uning muddati 2010 yilda 2044 yilgacha uzaytirilgan.