Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Armaniston mamlakatda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rilgani haqida ma’lum qildi

Armaniston mamlakatda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rilgani haqida ma’lum qildi

"Armanistonning besh fuqarosi va Tog‘li Qorabog‘da yashagan ikki shaxs Armanistonda “hokimiyatni qo‘lga kiritish” maqsadida Rossiyadagi harbiy bazada uch oylik tayyorgarlikdan o‘tgan", deya xabar beradi Armaniston Respublikasi Tergov qo‘mitasi.

Davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari, jumladan, tintuv va so‘roqlar natijasida ma’lum bo‘ldi.

"Qayd etilishicha, yollangan shaxslar jangovar tayyorgarlikdan o‘tishgan. Shuningdek, ular Armanistonning boshqa fuqarolarini ham o‘z saflariga jalb qilishgan. Yollanganlarning bir qismi Rossiyadagi mashqlarda qatnashishdan bosh tortgan va Armanistonga qaytgan. Gumondorlar oyiga 220 ming rubl miqdorida mukofot olishgan. Fitnaning uch ishtirokchisi qo‘lga olindi, yana to‘rt nafariga qidiruv e’lon qilindi. Barcha yetti kishiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan", deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 19:46 18.09.2024. O'qildi: 772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!