Argentinaning Roson shahri sudi argentinalik erkakni og‘ir texnikani pingvinlar uyasi orqali haydab o‘tib, atrof-muhitga zarar yetkazganlikda aybdor deb topdi.
Bu haqda Chubut provinsiyasi adliya boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Sud bir ovozdan Rikardo La-Rexinni og‘irlashtirilgan jinoiy buzuqlik uchun javobgarlikka tortishga qaror qildi", deyiladi matnda. Shuningdek, u hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikda aybdor deb topildi. Hukm 11 noyabr kuni e’lon qilinadi.
Tergov shuni ko‘rsatdiki, La-Rexina 2021 yilda Punta-Tombo qo‘riqxonasiga tutash joylashgan o‘z mulkiga yo‘l va panjara qurish uchun pingvinlar uyasi hududidan og‘ir texnikani haydab o‘tgan. Gazetaning yozishicha, tadbirkorning harakatlaridan 100 dan ortiq pingvin nobud bo‘lgan, 300 ga yaqin uyalar vayron qilingan. Nashr qayd etganidek, bu Lotin Amerikasida hukm chiqarilgan birinchi ekosid hodisasidir.