Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Argentinada favqulodda holat! Ko‘plab binolar suv ostida, 3700 kishi evakuasiya qilindi

Argentinada favqulodda holat! Ko‘plab binolar suv ostida, 3700 kishi evakuasiya qilindi

Argentinada kuchli suv toshqinlari tufayli bir necha ming kishi evakuasiya qilindi. Bu haqda La Nación xabar berdi.

Mamlakatda uch kundan buyon kuzatilayotgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan toshqinlar tufayli minglab odamlar jabr ko‘rdi, ko‘plab binolar suv ostida qoldi. Buenos-Ayres provinsiyasi gubernatori Aksel Kisilyof suv toshqinlarini “o‘ta xavfli” deb atadi.

La Nación gazetasining Milliy favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tayanib xabar berishicha, kamida 3700 kishi xavfsiz joyga ko‘chirib evakuasiya qilingan. Hozircha halok bo‘lganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.

Vaziyat yanada og‘irlashishi mkmkin, dam olish kunlari yana kuchli yomg‘irlar va sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda.

Kiritildi: 19:05 18.05.2025. O'qildi: 500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!