Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni yakunlangan 2026 yilgi Jahon chempionatida jamoa duch kelgan muammolar haqida gapirdi.
Argentinaliklar pley-offning har bir bosqichini katta qiyinchilik bilan bosib o‘tib, finalgacha yetib borgan edi.
«Qatardagi 2022 yilgi Jahon chempionatiga biz ancha yaxshiroq tayyor edik — futbolchilarning 95 foizi musobaqaga yaxshi holatda kelgandi. Bu safar esa biz deyarli imkoniyatlarimiz chegarasida edik.
Men murabbiylik ishining boshqa tomonini ham ko‘rdim. Futbolchilarning hech biri o‘zini 100 foiz tayyor his qilmasdi, ammo biz ularga ishondik. 2022 yilga qaraganda ancha murakkab qarorlar qabul qilishimizga to‘g‘ri keldi», — deya Skaloni so‘zlarini All About Argentina keltirmoqda.
Finalda Argentina qo‘shimcha vaqtdan keyin Ispaniya terma jamoasiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.