Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Argentina sport vaziri Messiga aytgan so‘zlari uchun ishdan haydaldi

A A A
Argentina sport vaziri Messiga aytgan so‘zlari uchun ishdan haydaldi

Argentina prezidenti Xavyer Miley mamlakat sport vaziri o‘rinbosari Xulio Garroni ishdan bo‘shatdi.

Amerika Kubogidagi g‘alaba bayrami chog‘ida argentinalik futbolchilar Fransiya futbolchilari haqida haqoratomuz ashula aytishgandi.

Shundan so‘ng Xulio Garro terma jamoa sardori Lionel Messini voqea uchun uzr so‘rashga chaqirdi.

"Hech bir hukumat a’zosi jahon chempioni va ikki karra Amerika kubogi sohibiga yoki boshqa har qanday fuqaroga nima deyish, nimani o‘ylash va nima qilish kerakligi haqida o‘ylab olishi kerak.

Shu sababli, Xulio Garro endi Argentina sport vaziri o‘rinbosari emas", — deyiladi Argentina prezidenti idorasi bayonotida.

Kiritildi: 10:38 18.07.2024. O'qildi: 4177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!