Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Arda Guler Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi

Arda Guler Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi

Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Yevro-2024 doirasidagi Turkiya va Gruziya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning ikkinchi bo‘limida «Real»ning 19 yoshli futbolchisi Arda Guler Giorgi Mamardashviliga qarshi o‘yinda shoh gol muallifi bo‘ldi.

E’tiborlisi, Guler o‘zining «zarbasi» tufayli yangi futbol rekordini yangiladi. Turk 19 yoshu 114 kunligida yevro tarixidagi debyut uchrashuvida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.

✍️ Ilgari bu rekord Krishtianu Ronalduga tegishli bo‘lib, u 2004 yilda 19 yoshu 128 kunligida Gresiya terma jamoasi darvozasiga gol urgan edi.

Kiritildi: 23:50 18.06.2024. O'qildi: 2039 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!