«Real»ning yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa klub bilan kelasi mavsum yakuniga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi.
Joriy mavsum yakunlangach, agar klub rahbariyati mutaxassis oldiga qo‘yilgan vazifalar bajarilmadi, degan xulosaga kelmasa, Arbeloa o‘z lavozimida qoladi.
42 yoshli Alvaro Arbeloa 12 yanvar kuni «Real» bosh murabbiyi lavozimida Xabi Alonsoni almashtirdi.
Birinchi davradan so‘ng «qaymoqranglilar» La Liga turnir jadvalida 45 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa «Barselona»dan 4 ochko ortda qolmoqda.