Mnmaning Butidaun qamoqxonasida noqonuniy saqlanayotgan o‘nlab arakanlik ayollar qo‘riqchilar tomonidan bo‘layotgan zo‘rvonlikka duch kelmoqda.
Bu haqda Rohinja musulmonlarining Yevropa kengashi (ERC) rahbari Anita Shug “Anadolu” agentligiga ma’lumot berdi.
ERC rahbari Butidaundagi arakanlik musulmonlarning holatidan chuqur qayg‘uda ekanini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur qamoqxonada 100 dan ortiq arakanliklar Arakan ozodlik armiyasi (ARSA) bilan aloqadorlikda ayblanib, ushlab turilibdi.
Kengash rahbari jahon hamjamiyatini aybsizsiz musulmonlarni qamoqda saqlab kelayotgan Myanma hukumatiga bosim o‘tkazishni va arakanliklarni chiqarib yuborilishiga hissa qo‘shishga chaqirdi.
Manba: azon.uz