Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Arag‘chi: "Eron AQSh bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib bormayapti"

Arag‘chi: "Eron AQSh bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib bormayapti"

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi Tehron Vashington bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib bormayotganini aytdi.

Bu haqda Eron ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

"Eronning AQSh bilan o‘z vakillari orqali xabar almashishi muzokara deb hisoblanmaydi va hozirda Tehron va Vashington o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borilmayapti", deb aniqlik kiritdi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar haqida gapirish AQSh va Isroilning mag‘lubiyatini tan olishdir. Vazir Tehron ikki yadroviy davlatning o‘z maqsadlariga erishishiga to‘sqinlik qilishga muvaffaq bo‘lganini ta’kidladi.

"Dushman mamlakatni bo‘lib tashlay olmadi, tez g‘alabaga erisha olmadi va milliy birlikni buzolmadi. Ular endi muzokaralar haqida gaplashayotgani mag‘lubiyatni tan olishdir; ular sharsiz taslim bo‘lish haqida gapirishmadimi? Xo‘sh, nega ular hozir muzokaralar uchun yuqori lavozimli amaldorlarini safarbar qilmoqdalar?", deb ta’kidladi Arag‘chi.

Vazir hozirda hech qanday muzokaralar ko‘zda tutilmaganligini va kafolasiz sulhning doimiy ravishda harbiy harakatlarning qayta boshlanishiga tahdid solishini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 08:40. O'qildi: 406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!