Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Arab monarxiyalari Eronning xatti-harakatlaridan xavotirda

A A A
Arab monarxiyalari Eronning xatti-harakatlaridan xavotirda

Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi davlatlari Eron yadro dasturining rivojlanishidan xavotir bildirdi. Bu haqda mintaqaviy tashkilotning Ar-Riyoddagi vazirlar uchrashuvi yakunlari bo‘yicha berilgan bayonotida aytiladi.

«Vazirlar kengashi Eron yadroviy dasturi bilan bog‘liq vaziyatdan xavotir bildirdi va mintaqa xavfsizligi va barqarorligini saqlash uchun Eron va ayrim davlatlar o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha konstruktiv anglashuvga erishish muhimligini ta’kidladi». dedi.

Vazirlar, shuningdek, Eronning uranni boyitish darajasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi va Tehronning Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bilan hamkorligi muhimligini ta’kidladilar.

Kengash davlatlari Eron yadro dasturi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro darajadagi barcha tegishli muzokaralarda ishtirok etish uchun hamkorlik qilishga tayyor.

Kiritildi: 18:36 10.09.2024. O'qildi: 2587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!