Arab davlatlari AQSh prezidenti Donald Trampning G‘azo sektori bo‘yicha Falastin anklavini aholini ko‘chirmasdan tiklashni ko‘zda tutuvchi rejasiga muqobil variantni taqdim etishga tayyor.
Bu haqda Iordaniya tashqi ishlar vaziri Ayman as-Safadiy Al Jazeera telekanaliga bergan izohida ma’lum qildi.
“Biz G‘azo aholisini ko‘chirmasdan, uni qayta qurishga asoslangan arab rejasi ustida ishlayapmiz.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, arab davlatlari “Tramp rejasiga muqobil taklif qilish va G‘azo sektoridagi gumanitar falokatga chek qo‘yishga qodir”. As-Safadiyning xabar berishicha, AQShga tashrifi chog‘ida Iordaniya tomoni Amerika rahbariga “falastinliklarni quvib chiqarishga emas, balki adolatli va keng qamrovli tinchlikka erishishga qaratilgan o‘z pozisiyasini” bayon qilgan.
Avvalroq Iordaniya qiroli Abdulla II Tramp bilan Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng G‘azo sektorini harbiy harakatlardan so‘ng ushbu Falastin anklavidagi aholini ko‘chirmasdan tiklash zarurligini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgandi.