10 oktyabr kuni Ar-Riyod shahridagi qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroportning 3-terminaliga ballistik raketa bilan berilgan zarba oqibatida O‘zbekistonning ikki nafar fuqarosi yengil jarohat olgan. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot kotibi Omonulla Fayziyev ma’lum qildi.
1977 va 1997 yillarda tug‘ilgan ushbu fuqarolar dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatilganidan keyin Diriyah Hospital shifoxonasiga olib borilgan. Tibbiy ko‘rik va zarur muolajalardan so‘ng ularning har ikkisiga shifoxonadan javob berilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning hodisa vaqtida aeroport hududida bo‘lgan yana 20 nafarga yaqin boshqa fuqarolari jabrlanmagan.
Saudiya Arabistoni poytaxtidagi aeroportga Yaman husiylari tomonidan raketa zarbasi berilishi oqibatida 12 kishi halok bo‘lib, 300 dan ortiq kishi yaralangan. Qurbonlardan to‘rt nafari Saudiya fuqarolari, shuningdek, AQSH, Misr, Iordaniya, Suriya, Falastin va Sudan fuqarolari halok bo‘lgan.