Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Ar-Riyodda Rossiya va AQSh muzokaralari: Nimalar hal qilindi?

Ar-Riyodda Rossiya va AQSh muzokaralari: Nimalar hal qilindi?

Amerika delegasiyasi Rossiya bilan muzokaralar yakunida uchrashuv samarali o‘tganini ma’lum qildi. "Bundan yaxshiroq natijani tasavvur qila olmasdik. Ukrainadagi urush uch yildan beri davom etmoqda va hali hech kim uni to‘xtata olmadi. Shu sababli, mojaroning tomonlari bir-birlari bilan muloqotni boshlashlari lozim. Biz AQShning ittifoqchilar bilan maslahatlashmasdan Rossiya bilan muloqot qilishiga qo‘shilmaymiz, aslida biz ular bilan har kuni aloqadamiz. Yevropa mamlakatlari Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berishi va o‘z xavfsizligi uchun YAIMning 2 foizidan ancha ko‘proq mablag‘ sarflashi kerak".

Rossiya tomonining ta’kidlashicha, "muzokaralar hurmat va xotirjamlik bilan kechdi. Bayden davrida hukmron bo‘lgan izolyasiya mantig‘i endi rad etildi. Amerika tomoni ikki buyuk davlat muloqot qilmasdan tura olmasligini ma’lum qildi. Biz bir-birimizning manfaatlarimizni hisobga olishga kelishib oldik, biroq murosa haqida gapirishga hali erta". Biz Amerika kompaniyalarining Rossiyadan chiqib ketishi natijasida 300 milliard dollar yo‘qotganini ma’lum qildik va Arktikada hamkorlik qilishni taklif etdik. Ukraina masalasi bo‘yicha muzokarachilarning alohida guruhlari o‘zaro aloqaga kirishadi. Putin va Tramp uchrashuvining aniq sanasi hozircha noma’lum.

Kiritildi: 19:46 18.02.2025. O'qildi: 1921 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!