Bugun 21 mart, 2026 yil, shanba

КИР

«AQShsiz u suratdagi yo‘lbars» – Tramp NATOni tanqid qildiz u suratdagi yo‘lbars» – Tramp NATOni tanqid qildi

«AQShsiz u suratdagi yo‘lbars» – Tramp NATOni tanqid qildiz u suratdagi yo‘lbars» – Tramp NATOni tanqid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp NATO davlatlarini keskin tanqid qilib, ularni Eron bilan bog‘liq mojaroda faol ishtirok etmayotganlikda aybladi.

U o‘z bayonotida NATOni «AQShsiz qog‘ozga chizilgan yo‘lbars» deb atadi.

«Ular yadroviy dasturi bo‘lgan Eronga qarshi kurashga qo‘shilishni istamadi. Endi bu kurash harbiy yo‘l bilan hal etildi. Ular uchun xavf juda kam edi, ammo ular neft narxlarining yuqoriligidan shikoyat qilmoqda», – dedi Tramp.

Uning ta’kidlashicha, neft narxlarining oshishiga asosiy sabab Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi vaziyat hisoblanadi.

«Ular Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishga yordam berishni istamaydi. Bu oddiy harbiy manyovr bo‘lib, katta xavf tug‘dirmasdi», – dedi AQSh rahbari.

Tramp NATO davlatlarini «qo‘rqoqlik»da ayblab, bunday pozisiyani AQSh eslab qolishini ta’kidladi.

Kiritildi: 21:58 20.03.2026. O'qildi: 399 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!