Avvalroq bir qator telekanallar Tramp ma’muriyatini AQSh Konstitusiyasining so‘z erkinligini kafolatlovchi Birinchi tuzatishini buzganlikda ayblagan edi. Bu telekanallar Oq uyning CNN va MS NOW kanallariga kirishni cheklash qarori ortidan Tramp ishtirokidagi tadbirlarni yoritishni vaqtincha to‘xtatgan.
Telekanallar — ABC, CBS, Fox News va NBC — yakshanba kuni yana telepul vazifasini bajarishni boshlaydi. CNNning keyingi ishtiroki masalasi esa alohida hal qilinadi. Qayd etilishicha, Tramp avvalroq CNN telekanaliga nisbatan boykot e’lon qilgan.
Dastlabki rejaga ko‘ra, navbat CNNga kelganida, boshqa telekanallar uning o‘rniga suratga olish guruhini yuborish yoki yubormaslik masalasini alohida muhokama qiladi.
Shu tariqa, AQShning yirik telekanallari Tramp ishtirokidagi tadbirlarni jamoaviy yoritish amaliyotini qayta tiklashga qaror qilgan.