Pit Hegset bu haqda Kongress Vakillar palatasi byudjet bo‘yicha quyi qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan tinglovlar chog‘ida ma’lum qildi.
"Hozirgi ma’muriyat bu mojaroga butunlay boshqa nuqtai nazardan qaraydi. Biz ziddiyatni muzokaralar orqali tinch yo‘l bilan hal etish har ikkala tomon manfaatlariga, shuningdek, butun dunyo bo‘ylab raqobatlashayotgan barcha tomonlarning qarashlarini hisobga olgan holda mamlakatimiz manfaatlariga mos keladi, deb hisoblaymiz", — deya fikr bildirdi Hegset.
Qo‘shma Shtatlarning navbatdagi moliyaviy yil uchun mudofaa byudjeti qariyb 1 trillion dollarni tashkil etishi kutilmoqda. Pentagon rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mudofaa harajatlarining asosiy qismi AQSh qurolli kuchlarini qayta qurollantirish va modernizasiya qilishga yo‘naltiriladi.