Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQShning Texas shtatida sodir bo‘lgan otishmada ikki kishi halok bo‘ldi

AQShning Texas shtatida sodir bo‘lgan otishmada ikki kishi halok bo‘ldi

AQShda otishma yuz berdi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.

Voqea Round Rok shahrida (Texas) sodir bo‘lgan. Olti kishi og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga jo‘natildi, deya xabar bermoqda ABC Newsga tayanib Daryo nashri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Old Settlers bog‘ida ikki guruh o‘rtasida janjal kelib chiqqanida noma’lum shaxs otishma boshlagan. Ikki kishi voqea joyida halok bo‘ldi, biroq polisiya ularning mushtlashuvga aloqasi yo‘qligini aytdi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari hozircha qancha odam otishmada ishtirok etgani haqida ma’lumotga ega emas.

Ushbu dam olish kunlari Rok-Rounddagi Settlers parkida AQShda qullikning bekor qilinishini nishonlangandi.

Avvalroq Michigan shtatida sodir bo‘lgan otishmada kamida to‘qqiz kishi jarohatlangani haqida xabar berilgandi. Hodisa Rochester Hills shahrida sodir bo‘lgan. Qurbonlardan biri sakkiz yoshli bola. Gumonlanuvchi atrofdagilarga taxminan 28 marta o‘q uzgan.

Kiritildi: 22:36 16.06.2024. O'qildi: 894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!