Tramp ma’muriyatining tariflari kelgusi o‘n yil ichida byudjet taqchilligini 2,8 trillion dollarga qisqartiradi, biroq ular mamlakat iqtisodiyotining sekinlashishiga ham olib kelishi mumkin.
Bu haqda AQSh Kongressi Byudjet byurosi bahosida aytilgan.
"AQSh iqtisodiyotiga ta’sirni hisobga olmaganda, tariflar umumiy byudjet taqchilligini 3 trillion dollarga qisqartiradi", — deyiladi hujjatda.
Shu bilan birga, nashrning ta’kidlashicha, tariflarning oshishi uzoq muddatli istiqbolda AQSh iqtisodining sekinlashishiga olib keladi, jumladan, boshqa davlatlar tomonidan AQSh tariflariga nisbatan qo‘llanayotgan javob choralari tufayli. "AQSh iqtisodiyoti hajmidagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, tariflar umumiy federal byudjet taqchilligining 2,8 trillion dollarga qisqarishiga olib keladi”, — deyiladi hujjatda.
Kongressning Byudjet byurosi, shuningdek, 2025-2026 yillarda inflyasiya har yili 0,4 foiz punktga oshishini, bu esa uy xo‘jaliklari va korxonalarning xarid qobiliyatini pasayishiga olib kelishini taxmin qilmoqda.