Kuchli yomg‘ir tufayli AQShning Nevada shtatidagi cho‘l hududida taxminan 70 ming kishi qolib ketdi.
4 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadigan an’anaviy "Burning Man" madaniy festivalining 70 ming nafar mehmoni ushbu hudud uchun anomal bo‘lgan kuchli yog‘ingarchilik sababli uylariga qayta olmayapti. Qumli cho‘l ulkan loy botqoqqa aylangan va transportlarning harakatlanishi imkonsiz, deya xabar bermoqda CNN.
Noqulay ob-havo tufayli bir kishi halok bo‘ldi. Qolgan ishtirokchilarga tashkilotchilar suv, oziq-ovqat va yoqilg‘ini tejashni maslahat berishdi, chunki ob-havo qachon yaxshilanishi noma’lum. Telekanalning ma’lum qilishicha, qum quriganidan keyingina unda transport vositalarida harakatlanishga imkon bo‘ladi.