AQShning Missisipi shtatidagi o‘rta maktab o‘yini paytida otishma sodir bo‘ldi, natijada to‘rt kishi halok bo‘ldi, kamida 12 kishi yaralandi.
Liland shahri meri Jon Lining ma’lum qilishicha, qurollangan shaxs juma kuni kechqurun shahardagi o‘rta maktabda o‘tkazilayotgan o‘yin vaqtida hujum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum natijasida to‘rt kishi halok bo‘lgan, kamida 12 kishi tan jarohati olgan.
Hujum bilan bog‘liq holda hozircha hech kim qo‘lga olinmagan, tergov ishlari davom etmoqda.