Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQShning Isroilga qurol yetkazib berishi to‘xtagani yo‘q

A A A
AQShning Isroilga qurol yetkazib berishi to‘xtagani yo‘q

«AQShning Isroilga qurol yetkazib berishi to‘xtagani yo‘q».

Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kuchli bombalarning faqat bir partiyasini Isroilga topshirish kechiktirilgan.

Amerikalik diplomatning aytishicha, «GBU-24» boshqariladigan bombalari Rafah kabi aholi zich joylashgan hududda ishlatilishidan xavotirlar tufayli Isroilga hali yuborilmagan:

“Ammo boshqa barcha qurollar odatdagidek taqdim etiladi".

Kiritildi: 23:22 18.06.2024. O'qildi: 1567 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!