Bugun 29 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQShning Eronga qarshi urushi davomida kamida 303 nafar amerikalik harbiy jarohatlangan

AQShning Eronga qarshi urushi davomida kamida 303 nafar amerikalik harbiy jarohatlangan

Bu haqda ABC News xabar berdi.

Telekanalning amerikalik amaldorga tayanib xabar berishicha, jarohatlanganlarning 273 nafari davolanib xizmatga qaytgan, og‘ir tan jarohati olgan 10 nafar harbiy esa davolanishni davom ettirmoqda.

Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, jarohatlanish holatlariga Eron dronlari va boshqa portlovchi qurilmalar sabab bo‘lgan.

Avvalroq Tehron mazkur urush davomida yuzlab AQSh harbiylari halok bo‘lganini da’vo qilgandi, ammo Vashington buni rad etgan edi.

27 mart kuni CNN AQSh Markaziy qo‘mondonligining ismi oshkor etilmagan vakiliga tayanib, 290 kishi yaralangani va 13 askar halok bo‘lgani haqida xabar berdi.

Amerikalik amaldorning telekanalga tushuntirishicha, og‘ir yaralanganlar toifasiga yaralanishi o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan harbiy xizmatchilar kiradi.

Kiritildi: Bugun 15:05. O'qildi: 326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!