AQSh Eronni bombardimon qilish va iqtisodiy blokada orqali o‘z mavqeini mustahkamlay olmaydi. Bu haqda ekspert Aleksandr Yermakov ma’lum qildi.
Uning fikricha, AQSh prezidenti Donald Trampning Eronni uzoq muddatli blokada qilish rejasi samara bermasligi mumkin. Yermakovga ko‘ra, bu kabi bayonotlar ayrim hollarda boshqa strategiyalarni yashirish uchun ham xizmat qilishi ehtimoldan xoli emas.
Ekspert ta’kidlashicha, Vashington Eronni qo‘rqitish uchun kutilmagan zarbalar berish taktikasidan foydalanishi mumkin. Biroq u davom etayotgan hujumlarni samarasiz deb baholadi.
Shuningdek, Yermakov Eron Ormuz bo‘g‘ozini blokada qilishni davom ettirishi mumkinligini aytdi. Uningcha, bu holat Yaqin Sharqdan energiya importiga bog‘liq davlatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.