AQShning Eron janubidagi havo hujumlari oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi va to‘rt kishi yaralandi.
Bu haqda Press TV xabar bermoqda.
Avvalgi xabarlarda Bandar Abbos portining temir yo‘l chorrahasiga AQShning havo hujumi oqibatida ikki kishi yaralangani aytilgan edi.
Payshanba kuni AQSh Markaziy qo‘mondonligi Eronga qarshi keyingi hujumlar boshlanganini e’lon qildi. Mahalliy ommaviy axborot vositalari Bandar Abbos va Qeshm oroli yaqinida bir qator portlashlar haqida xabar berishdi. Ahvoz, Bushehr, Bandar Xomeyni va Eronshahr ayeroporti ham zarbalarga uchradi.