Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQShning Eronga qarshi harbiy imkoniyatlari o‘tgan yozdagiga nisbatan ancha cheklangan

AQShning Eronga qarshi harbiy imkoniyatlari o‘tgan yozdagiga nisbatan ancha cheklangan

Bu haqda Politico xabar bermoqda.

Nashrga ko‘ra, avval Tramp ma’muriyati ixtiyorida bo‘lgan qo‘shinlar va harbiy kemalar hozir Karib dengizi hududiga ko‘chirilgan. O‘tgan yili Yaqin Sharqqa yuborilgan Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi esa Janubiy Koreyaga qaytarilgan.

Oq uy ma’muriyati vakillari asosiy kuchlarni boshqa joyga ko‘chirish bo‘yicha hozircha reja yo‘qligini bildirgan. Shu bilan birga, AQSh Qizil dengiz, Eron va Venesueladagi operasiyalar davomida qurol-yarog‘ zaxiralarini tez sur’atda sarflamoqda.

"Eng jiddiy muammolardan biri havo hujumidan mudofaa masalasi bo‘lib qolmoqda. Eron tomonidan ehtimoliy javob zarbasi bo‘lsa, Qo‘shma Shtatlar Qatar, Iroq, Suriya va Iordaniyada joylashtirilgan qariyb 10 ming nafar amerikalik harbiy xizmatchini himoya qilish uchun tutib qoluvchi raketalar tanqisligiga duch kelishi mumkin", deyiladi Politico maqolasida.

Kiritildi: Bugun 12:45. O'qildi: 371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!