Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

AQShlik 61 yoshli marafonchi Qoraqalpoq cho‘li bo‘ylab 42 km masofani bosib o‘tadi

AQShlik 61 yoshli marafonchi Qoraqalpoq cho‘li bo‘ylab 42 km masofani bosib o‘tadi

Ertaga, 17 sentyabr kuni Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va Prorun.uz yugurish maktabi asoschisi Andrey Kulikov tashabbusi bilan jamoatchilik e’tiborini Orol dengizidagi dolzarb ekologik muammolarga qaratish maqsadida marafon bo‘lib o‘tadi.

Mashhur amerikalik ultramarafonchi Din Karnazes bilan birgalikda Kulikov Orol dengizidan atigi 60 km uzoqlikda joylashgan, mintaqadagi suv resurslaridan ommaviy foydalanish natijasida qurib qolgan "Borsa Kelmas" ko‘li tubi bo‘ylab 42 km masofani bosib o‘tadi.

Marafondan ko‘zlangan maqsad jahon hamjamiyatining e’tiborini Orol dengizi ekologik fojiasiga jalb qilish, shuningdek, 19-23 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan dolzarb global ekologik muammolarga bag‘ishlangan BMT Bosh Assambleyasining 2023-yilgi sessiyasidagi muhokamalarni qo‘llab-quvvatlash va kuchaytirishdan iborat

Kiritildi: 21:36 17.09.2023. O'qildi: 1573 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!