Amerika chegarachilarining ma’lum qilishicha, Viekes oroli sohilida noqonuniy yo‘l bilan kelgan qayiq to‘xtatilgan.
Unda 7 kishi bo‘lgan — 3 nafari AQSh fuqarosi, 4 nafari esa o‘zini O‘zbekiston fuqarosi deb tanishtirgan. Ular hech qanday hujjatga ega bo‘lmagan.
Qayiq AQSh Virjin orollaridagi Sen-Jon orolidan chiqqan bo‘lgan.
"Qo‘lga olingan o‘zbekistonliklar Ramey sektori Chegara xizmati agentlariga topshirilib, ular bilan immigrasiya tartib-taomillari va deportasiya ishlari olib borilmoqda", — deyiladi xabarda.