Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

AQShdan Kosta Rikaga deportasiya qilingan yana 10 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi

AQShdan Kosta Rikaga deportasiya qilingan yana 10 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi

AQSh tomonidan Kosta Rikaga deportasiya qilinishi kerak bo‘lgan o‘zbekistonliklar Nyu York orqali Toshkentga qaytariladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov ma’lum qildi.

«Kosta Rikaga yuborilishi rejalashtirilgan, lekin vatanga qaytish niyatida bo‘lgan yana 10 nafar fuqaromiz mazkur hafta davomida Nyu York — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga yetib keladi», — deb yozdi Burhonov.

Avvalroq AQSh tomoni bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Kosta Rikaga yuborilishi rejalashtirilgan, lekin O‘zbekistonga qaytish niyatida bo‘lgan 7 nafar o‘zbekistonlik Nyu York — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga qaytarilgandi.

Kiritildi: 12:25 03.03.2025. O'qildi: 840 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!