AQShdagi Tennessi universiteti yaqinida otishma yuz berdi.
"Shanba kuni kechqurun Neshvildagi Tennessi universiteti kampusidan bir necha blok narida sodir bo‘lgan otishmada bir kishi halok bo‘ldi, kamida to‘qqiz kishi yaralandi", deb xabar berdi CBS News.
Polisiya vakilining jurnalistlarga aytishicha, besh nafar jabrlanuvchi tez yordam mashinasida shifoxonalarga yetkazilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kasalxonaga yotqizilganlarning ba’zilari otishmaga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Otishmaga sabab bo‘lgan holatlar noma’lum. Hibsga olinganlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Jabrlanuvchining shaxsi oshkor etilmagan.