AQShning Luiziana shtatidagi qamoqxonadan sakkiz kishi qochib ketdi.
Bu haqda Fox 8 telekanali xabar berdi.
Xabarlarga ko‘ra, ularning barchasi og‘ir jinoyatlarda aybdor deb topilgan. Uch nafar mahbus qo‘lga olinib, hibsga olingan, 19 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yana besh kishi esa ozodlikda.
Bosh prokuror Liz Merrill vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini va mahalliy sherif bilan aloqada ekanligini aytdi.