Bugun 27 mart, 2026 yil, juma

КИР

AQShda yaqin orada chiqariladigan dollar kupyuralariga Trampning imzosi tushiriladi

 AQShda yaqin orada chiqariladigan dollar kupyuralariga Trampning imzosi tushiriladi

Qo‘shma Shtatlar G‘aznachilik departamenti 2026 yil iyundan boshlab dollar kupyuralarida (qog‘oz pullarida) prezident Donald Trampning imzosi aks etishini ma’lum qildi. Bu AQSh tarixida amaldagi prezidentning imzosi milliy valyutada paydo bo‘ladigan ilk holatdir.

"Buyuk mamlakatimiz va prezident Donald Trampning tarixiy yutuqlarini e’tirof etish uchun uning ismi tushirilgan AQSh dollaridan ko‘ra kuchliroq vosita yo‘q", — deya izoh berdi Skott Bessent.

Reuters agentligining yozishicha, AQSh mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan chiqarilishi rejalashtirilgan yangi dizayndagi dastlabki 100 dollarlik kupyuralar iyun oyida bosib chiqariladi, keyingi oylarda esa boshqa nominallar ham muomalaga chiqariladi. Yangi pullarning banklar orqali keng muomalaga kirishi bir necha hafta vaqt olishi mumkin.

G‘aznachilik rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra, kupyuralarning umumiy dizayni o‘zgarmaydi, faqat g‘aznachi imzosi o‘rniga Trampning imzosi qo‘yiladi.

"Endi amerikaliklar oziq-ovqat, benzin, ijara va sog‘liqni saqlash uchun ko‘proq pul to‘layotganlarida aynan kimni ayblashni aniq bilib olishadi", — deya Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom bu qarorni tanqid qildi.

Kiritildi: Bugun 15:25. O'qildi: 219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!