Nyu-Yorkda vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘lgan oila qizining tug‘ilgan kunini nishonlayotgandi, deb xabar bermoqda Daily Mail.
"Oila kichik qizlaridan birining tug‘ilgan kunini nishonlash maqsadida Nyu-Yorkda ta’tilda edi," - deyiladi nashrda.
Shuningdek, Siemens kompaniyasining Ispaniyadagi rahbari Agustin Eskobar, uning rafiqasi, ikki qizi va o‘g‘li keyinchalik Gudzon daryosiga qulab tushgan vertolyot oldida suratga tushganligi ma’lum bo‘ldi.
Ilgari xabar qilinganidek, Gudzonga qulab tushgan vertolyot yonilg‘i quyish uchun bazasiga qaytayotgan edi.