Bugun 16 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

AQShda transgenderlarning ayollar sportida ishtirok etishini taqiqlovchi qonun loyihasi qabul qilindi

AQShda transgenderlarning ayollar sportida ishtirok etishini taqiqlovchi qonun loyihasi qabul qilindi

AQSh Kongressining Vakillar palatasi transgenderlarning maktablardan boshlab universitetlargacha qizlar sportida ishtirok etishini taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi, deb yozadi Anadolu.

Endi mamlakatdagi barcha transgender sportchilar boshlang‘ich maktabdan to universitet darajasiga qadar ayollar sportida qatnasha olmaydi. Qonun loyihasi 218 kishining yoqlashi, 206 kishining qarshi ovoz berishi bilan qabul qilindi.

Ovoz berish arafasida bo‘lib o‘tgan bahslarda respublikachilar erkak bo‘lib tug‘ilgan transgender ayollarlar sportida ishtirok etishini adolatsizlik deb hisoblashini aytdilar. Demokratlar qonun loyihasini “ishtirokchilarni kamsitish” deb atadi.

Qizig‘i shundaki, qonun loyihasini Texasning ikki demokrati Genri Kuelyar va Visente Gonsales qo‘llab-quvvatlagan. Agar qonun loyihasi Senatda qabul qilinsa, transgenderlarga ayollar sportida qatnashish imkonini beruvchi maktablar federal ta’limni moliyalashtirishdan mahrum bo‘ladi.

Ayollar sportida qatnashish uchun erkakning jinsini o‘zgartirishi butun mamlakat bo‘ylab bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Respublikachilar o‘tgan yili o‘z kampaniyalarida bu masalani ko‘tarib, ushbu mavzu bo‘yicha reklama uchun kamida 111 million dollar sarflashgan.

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp ham saylovoldi tashviqoti chog‘ida Kongress bu boradagi qonunni qabul qilmasa, prezidentlik vakolatlaridan foydalanib, buni taqiqlashini aytdi.

Kiritildi: Bugun 16:22. O'qildi: 483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!