Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, 14 iyun kuni Qo‘shma Shtatlarning 1500 dan ortiq shaharlarida fuqarolar prezident Tramp siyosatiga qarshi namoyishlariga chiqdi. Norozilik aksiyalari “Qirollarga yo‘q” shiori ostida bo‘lib o‘tdi.
Eng yirik yurishlar Nyu-York, Filadelfiya va Los-Anjelesda bo‘lib o‘tdi. Namoyishlar tashkilotchilari "avtoritarizmga va milliarderlarga xizmat qiluvchi siyosatga, shuningdek, demokratiyaning harbiylashtirilishiga" qarshi chiqishdi.
Namoyishchilar, shuningdek, noqonuniy muhojirlarning ommaviy deportasiyasini tanqid qilishdi, bu esa Los-Anjelesda yirik tartibsizliklarga sabab bo‘ldi. Ularning fikricha, Oq uyning immigrasiya siyosati va boshqa qarorlari amerikaliklar orasida nafratni kuchaytirmoqda.
Namoyish ishtirokchilari qo‘llarida AQSh bayroqlarini, shuningdek, “Qirollarga yo‘q”, “Amerikani putinlashtirishni to‘xtating”, “Tramp ketishi kerak” deb yozilgan plakatlar va shiorlar ko‘tarib chiqishdi.