“The Information” portali ma’lumotiga ko‘ra, TikTok rahbariyati joriy yil 19 yanvardan boshlab AQShda o‘z ilovasi faoliyatini to‘xtatishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
O‘tgan yil qabul qilingan yangi qonunga asosan Xitoyning “Byte Dance” kompaniyasi ushbu ijtimoiy tarmoqni sotishi yoki ko‘rsatilgan sanaga qadar AQSh hududidagi faoliyatini to‘xtatishi talab qilinadi.
Garchi ilovani cheklash haqidagi qonunni har ikki partiya qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsada, ayni masala demokratlar va respublikachilar o‘rtasida qizg‘in munazarga sabab bo‘ldi. TikTok foydalanuvchilarining asosiy qismi hisoblangan yoshlar ham tarmoq bekor qilinishini faol qo‘llab-quvvatladi.
Eslatib o‘tamiz, saylangan Prezident Donald Tramp 2020 yil ham kompaniyaga ilovani sotish taklifini bergan.