Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

AQShda Rossiya fuqarosi josuslik va firibgarlikda ayblandi

AQShda Rossiya fuqarosi josuslik va firibgarlikda ayblandi

AQSh Adliya vazirligiga ko‘ra, AQSh rasmiylari Rossiya fuqarosi Sergey Cherkasovni josuslik va firibgarlikda aybladi.

“Cherkasov 2012 yilda Braziliyada Ferreyra nomi bilan noqonuniy agent sifatida faoliyat yurita boshlagan, 2018 yilda esa Kolumbiya okrugida joylashgan universitetda aspiranturaga o‘qishga kirganidan so‘ng AQShga ko‘chib o‘tgan”, — deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Qayd etilishicha, ayni damda Cherkasov firibgarlikda ayblanib, Braziliyada hibsda.

Shuningdek, Vashingtonda Sergey Cherkasov Rossiya razvedkasi xodimi sifatida ko‘rilayotgani ma’lum qilingan.

Kiritildi: 07:33 25.03.2023. O'qildi: 1346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!