26 dekabr kuni qor yog‘ishi sababli AQShda 1600 dan ortiq reys bekor qilindi.
Bu haqda FlightAware ixtisoslashtirilgan portali xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Nyu-York shahrida joylashgan Jon Kennedi xalqaro aeroporti, LaGuardiya aeroporti va Nyuark aeroporti reyslarning bekor qilinishidan jiddiy zarar ko‘rgan. Bu hududlarda 23 sm gacha qor yog‘ishi kutilgan edi.
19 mingdan ortiq reys kechiktirildi. Boston, Detroyt va Filadelfiya aeroportlarida ham kechikishlar va bekor qilishlar kuzatildi.