Shatdaun 31 yanvar tongidan boshlab ayrim idoralarni moliyalashtirish bo‘yicha kelishuv tasdiqlanmaganligi sababli yuzaga keldi.
Ma’lum qilinishicha, AQSh Kongressi Vakillar palatasi dushanba kuni moliyalashtirishni tasdiqlasa, mazkur texnik shatdaun ikki kundan ortiq davom etmaydi va mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
AQSh Senati moliyalashtirishni moliyaviy yil oxirigacha (30-sentabr) ma’qullab bo‘lgan. Vakillar palatasida ovoz berish esa 2 fevral, dushanba kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Hujjat tasdiqlanib, Qo‘shma Shtatlar prezidenti uni imzolasa, “shutdaun” qisqa muddatda yakunlanadi.
AQSh tarixidagi eng uzoq muddatli shatdaun o‘tgan yilning oktyabr-noyabr oylarida kuzatilgan bo‘lib, u 43 kun davom etgandi.