AQShning sharqiy qirg‘oqlarida sodir bo‘lgan "Helen" to‘foni qurbonlari soni 190 nafarga yetdi.
Bu haqda NBC News xabar berdi.
Yana bir necha yuz kishi bedarak yo‘qolgan.
Dovul 3 milliondan ortiq uyni elektr energiyasidan mahrum qildi. 1,3 millionga yaqin iste’molchi hamon elektr ta’minotisiz qolmoqda. Moody’s Analytics bo‘rondan ko‘rilgan zararni taxminan 34 million dollarga baholamoqda.