Vashingtondagi Ronald Reygan aeroporti yaqinida American Airlines yo‘lovchi samolyoti bilan to‘qnashgan Black Hawk harbiy vertolyotini ayol uchuvchi boshqargan.
Bu haqda ABC telekanali tabiiy ofat oqibatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha birlashgan qo‘mondonlik markazida ishlaydigan sobiq armiya uchuvchisi Jonatan Koziolga tayanib xabar berdi.
"Koziol tasdiqladiki... o‘sha vaqtda parvozni boshqargan uchuvchi ayol 500 soat parvozga ega bo‘lgan”, — deya xabar beradi telekanal.
Avvalroq telekanal Black Hawk ekipaji katta tajriba va minglab parvoz soatlariga ega ekanligi haqida xabar bergan edi. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, bortda uch nafar harbiy xizmatchi: instruktor, uchuvchi va bort muhandisi bo‘lgan. Instruktor 1000 soatdan ortiq, uchuvchi 500 soatdan ortiq, bort muhandisi ham "yuzlab soat parvoz tajribasi"ga ega edi. Vertolyot barcha ekipaj a’zolariga yaxshi ma’lum bo‘lgan Potomak daryosi ustida muntazam tungi parvozni amalga oshirayotgan edi.