Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

AQShda — Gollivud, Hindistonda — Bollivud. O‘zbekistonda Sollivud qurilmoqda (foto)

AQShda — Gollivud, Hindistonda — Bollivud. O‘zbekistonda Sollivud qurilmoqda (foto)

Samarqandda AQSh hamda dunyo kinosanoati markazlaridan biri bo‘lgan Gollivud tipidagi kino shaharchasi quriladi. Bu haqda “Daryo“ nashri xabar bermoqda.

Samarqand viloyati Nurobod tumani Oqsoy hududida qurilishi rejalashtirilgan kinoshaharcha loyihasi Vendo group kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

“Loyihaning umumiy yer maydoni 160 gektar bo‘lib, shaharcha Cinema City Sollywood nomini oladi. Unda zamonaviy ko‘rinishdagi 3—4 yulduzli mehmonxonalar, restoran va kafelar, dam olish va istirohat bog‘lari (bulvar, tropik), akvapark, kinoteatr, konsertlar va konferensiyalar o‘tkaziladigan zallar barpo etiladi,” — deydi loyiha muallifi H.Mamasoliyev.

2022 yilda to‘la quvvatda ishga tushiriladigan ushbu loyiha tufayli hududda 500 ga yaqin yangi ish o‘rinlari ochiladi. Shaharcha AQShning Daha USA Group hamda Xitoyning Yiwu Compass Trading kompaniyalari bilan hamkorlikda quriladi. Birinchi bosqichda 15,0 million AQSh dollari miqdoridagi investisiya mablag‘larini kiritish rejalashtirilgan.

Shuningdek, shaharchada avtomobil ishqibozlari uchun “Avtoralli yo‘lagi”, turizmni rivojlantirish va sayyohlar tashrifini oshirish uchun Okeanarium qurish ham ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 16:47 05.12.2019. O'qildi: 5761 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!