Prezident Donald Trampqa qarshi namoyishlar AQShning turli shahar va shaharchalarida bo‘lib o‘tdi. Bu namoyishlar “No Kings” (“Podshohlar yo‘q”) deb nomlangan guruh tomonidan tashkil etilgan.
Namoyishlar Vashingtonda Tramp tomonidan o‘tkazilgan kamdan-kam harbiy paradga qarshi o‘laroq tashkil qilindi. Bu paraddan oldin Los-Anjeles va boshqa shaharlarda uning migrasiya siyosatiga qarshi bir necha kunlik noroziliklar bo‘lib o‘tgan edi.
Nyu-York, Filadelfiya va Xyuston kabi shaharlarda qonun chiqaruvchilar, kasaba uyushmalari yetakchilari va faollar nutq so‘zlashdi. Yig‘ilgan odamlar Amerika bayroqlari va Trampni tanqid qiluvchi plakatlar ko‘tarib turishdi.
Shanba kechqurungi harbiy parad, shuningdek Trampning tug‘ilgan kuniga to‘g‘ri kelgan va AQSh armiyasining 250 yilligi sharafiga tashkil etilgan. Tramp parad paytida qanday bo‘lmasin namoyishlarga “katta kuch bilan” javob qaytarilishini ogohlantirdi.