Bu haqida ANSA xabar berdi.
Agentlikning diplomatik manbalariga tayanib xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlar Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni 24 iyun kuni Gaagada bo‘lib o‘tadigan NATO sammitiga taklif qilishga qarshi chiqmoqda.
"Deyarli barcha ittifoqchilar Vashingtonning bu qarori bo‘yicha hayratda ekanini bildirishdi", deydi nashrning suhbatdoshlaridan biri.
Shu bilan birga, NATO a’zo bo‘lmagan to‘rtta davlat Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiya sammitda ishtirok etish uchun taklifnoma olgan.
Agentlikning yozishicha, Ukraina sammitida ishtirok etish masalasi hali yopilmagan, bu mavzu Antaliyada bo‘lib o‘tadigan tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida ko‘tarilishi mumkin.
Bloomberg agentligiga ko‘ra, Gaagadagi NATO sammiti avvalgi uchrashuvlarga nisbatan qisqaroq bo‘ladi va asosiy e’tibor mudofaa xarajatlarini oshirish hamda harbiy ishlab chiqarishni kengaytirish masalalariga qaratiladi, Ukraina masalasi esa diqqat markazida bo‘lmaydi.