Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh “Yo‘q qilish rejalashtirilgan nishonlar” ro‘yxatini 4-5 kunga yangiladi

AQSh “Yo‘q qilish rejalashtirilgan nishonlar” ro‘yxatini 4-5 kunga yangiladi

AQSh va Isroil Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Galibaf hamda TIV rahbari Abbos Aroqchini “yo‘q qilish rejalashtirilgan nishonlar” ro‘yxatidan to‘rt-besh kunga chiqardi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal.

Nashr manbalariga ko‘ra, Vashington bu vaqt ichida ularning vositachiligida tinchlik muzokaralarini o‘tkazish imkoniyatini o‘rganmoqda.

"Galibaf va Aroqchi to‘rt-besh kungacha nishonlar ro‘yxatidan chiqarildi, shu muddat ichida prezident Tramp urushni to‘xtatish bo‘yicha yuqori darajadagi muzokaralarga yo‘l ochmoqda", deyiladi xabarda.

Avvalroq, AQSh bilan muzokara o‘tkazayotgan Eron rasmiylari o‘zlarining o‘ldirilishidan qo‘rqmoqda, deb aytgandi Donald Tramp.

"Ayni paytda eronlik amaldorlar biz bilan muzokara olib boryapti va kelishuvga erishishni judayam istashyapti. Lekin ular bu haqda gapirishdan qo‘rqishadi, chunki o‘z vatandoshlari tomonidan o‘ldirilishlaridan xavotirda. Shuningdek, ular biz tomonimizdan o‘ldirilishlaridan ham qo‘rqishadi", — dedi AQSh prezidenti.

Kiritildi: Bugun 14:40. O'qildi: 483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!