Bu haqda Pentagon rahbari Pit Hegset ma’lum qildi.
"Men bir hafta davomida Kongressdagi tinglovlarda bo‘ldim. U yerda menga "Siz haqiqatan ham havo hujumidan mudofaa tizimlarinitizimlarni Ukrainadan Yaqin Sharqqa tashladingizmi?", deb savol berishdi. Men bu harakat amalga oshirilganini tasdiqladim. Biz mintaqadagi va butun dunyodagi odamlarimizni himoya qilish uchun barcha mavjud vositalarni qo‘llayapmiz, chunki bugun mudofaa sohasida vaziyat boshqacha. Kichik tizimlar ham jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Biz barchasiga maksimal darajada tayyormiz. Urush texnikasi va usullari ko‘z o‘ngimizda o‘zgarib bormoqda. Bu qo‘rqinchli. Ammo bizda kerakli mutaxassislar bor", — deya izoh berdi Hegset.
Avvalroq Volodimir Zelenskiy Qo‘shma Shtatlarni Rossiyaga qarshi kurash uchun Ukrainaga va’da qilingan raketalarni berishdan bosh tortib, ularni Yaqin Sharqqa berganlikda ayblagan edi.